Docsity
Docsity

Prepare for your exams
Prepare for your exams

Study with the several resources on Docsity


Earn points to download
Earn points to download

Earn points by helping other students or get them with a premium plan


Guidelines and tips
Guidelines and tips

Economic and Social Development in 19th Century Bukhara, Summaries of English Literature

An overview of the economic and social development in the 19th century in the city of bukhara, located in present-day uzbekistan. The decline of local markets and trade, the impact of neighboring countries, and the efforts to revitalize the city's economy. It also touches upon the role of artisans and their products in the city's economy, as well as the influence of foreign powers on the region.

Typology: Summaries

2022/2023

Uploaded on 04/08/2024

ulugbeksuvanov
ulugbeksuvanov 🇺🇸

2 documents

1 / 16

Toggle sidebar

This page cannot be seen from the preview

Don't miss anything!

bg1
Sharqiy Buxoroda savdo aloqalari va yo’llar tizimi
Reja:
1. Savdo aloqalarining rivojlanishi.
2. Yangi yo’llarning qurilishi.
3. XIX asr boshlarida Sharqiy Buxoro bekliklarida
iqtisodiy va ijtimoiy ahvol
XVIII-XIX asrda Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
uning O‘rta Osiyo xonliklari va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro
munosobatlarida ichki va tashqi savdo muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
borada shaharlar va mamlakatlarni biri-biri bilan bog‘lab turuvchi savdo
yo‘llarining muhim o‘rni bor. Savdo karvon yo‘llari o‘z ahamiyatiga ko‘ra
ikkiga bo‘linadi. Birinchisi. xalqaro miqyosdagi tashqi savdo karvon yo‘llari;
ikkinchisi, mamlakat shahar va qishloqlarini bog‘lab turadigan ichki savdo
karvon yo‘llaridir.
XVIII asr boshlaridagi siyosiy kurashlar. ishlab chiqarishda qo‘l
mehnatining ustunligi va natural xo‘jalikning hukmronligi savdo-sotiq
rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. So‘nggi Ashtarxoniy hukmdorlar davridagi
siyosiy vaziyat. ichki kurashlar va natural xo‘jalikning iqtisodiy hayotdagi
ustunligi. shahar va qishloq o‘rtasidagi savdo aloqalarining zaifligiga olib
keldi. Buxoro amirligini Sharq davlatlari bilan bog‘laydigan Surxon vohasi
o‘tadigan savdo yo‘llaridagi harakatning nihoyatda sekinlashiga olib keldi.
Ayniqsa. Balx va Buxoro o‘rtasidagi dushmanlik munosobatlari savdo rivoji
sustlashganini yaqqol bildirdi. Hattoki, Surxon vohasining o‘zida Termiz va
Sherobod o‘rtasidan o‘tuvchi savdo yo‘llarida ham karvonlar harakati
sekinlashib bordi. Buxoro hukmdorlarining sharqiy hududlarga nisbatan olib
borgan istilochilik urushlari ham savdo rivojiga salbiy ta'sir etdi. Buxoro
pf3
pf4
pf5
pf8
pf9
pfa
pfd
pfe
pff

Partial preview of the text

Download Economic and Social Development in 19th Century Bukhara and more Summaries English Literature in PDF only on Docsity!

Sharqiy Buxoroda savdo aloqalari va yo’llar tizimi Reja:

  1. Savdo aloqalarining rivojlanishi.
  2. Yangi yo’llarning qurilishi.
  3. XIX asr boshlarida Sharqiy Buxoro bekliklarida iqtisodiy va ijtimoiy ahvol XVIII-XIX asrda Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida uning O‘rta Osiyo xonliklari va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro munosobatlarida ichki va tashqi savdo muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada shaharlar va mamlakatlarni biri-biri bilan bog‘lab turuvchi savdo yo‘llarining muhim o‘rni bor. Savdo karvon yo‘llari o‘z ahamiyatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi. Birinchisi. xalqaro miqyosdagi tashqi savdo karvon yo‘llari; ikkinchisi, mamlakat shahar va qishloqlarini bog‘lab turadigan ichki savdo karvon yo‘llaridir. XVIII asr boshlaridagi siyosiy kurashlar. ishlab chiqarishda qo‘l mehnatining ustunligi va natural xo‘jalikning hukmronligi savdo-sotiq rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. So‘nggi Ashtarxoniy hukmdorlar davridagi siyosiy vaziyat. ichki kurashlar va natural xo‘jalikning iqtisodiy hayotdagi ustunligi. shahar va qishloq o‘rtasidagi savdo aloqalarining zaifligiga olib keldi. Buxoro amirligini Sharq davlatlari bilan bog‘laydigan Surxon vohasi o‘tadigan savdo yo‘llaridagi harakatning nihoyatda sekinlashiga olib keldi. Ayniqsa. Balx va Buxoro o‘rtasidagi dushmanlik munosobatlari savdo rivoji sustlashganini yaqqol bildirdi. Hattoki, Surxon vohasining o‘zida Termiz va Sherobod o‘rtasidan o‘tuvchi savdo yo‘llarida ham karvonlar harakati sekinlashib bordi. Buxoro hukmdorlarining sharqiy hududlarga nisbatan olib borgan istilochilik urushlari ham savdo rivojiga salbiy ta'sir etdi. Buxoro

amirligining sharqiy hududlari bilan g‘arbiy hududlari o‘rtasida deyarli aloqalar yo‘q edi. Sharqiy Buxoro bekliklarining qo‘shni Qo‘qon va Xiva bilan savdo aloqalarida sekinlashish yaqqol ko‘zga tashlanardi^1. Mang‘itlar hukmronligi davriga kelib olib borilgan markazlashtirish siyosati iqtisodiyotning normal izga tushishiga savdo –sotiq ishlarining jonlanishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Bu davrda Sharqiy Buxoro bekliklarining G‘arbiy Buxoro xususan Buxoro. Samarqand, Qarshi. Chorizmning Markaziy Osiyoga bosqinchilik hujumi, maqsad va vazifalari xususida bir qator muhim tarixiy qarashlar mavjud. Ayniqsa Buxoro amirligi davlat boshqaruvi, uning iqtisodiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar kitobxon uchun nihoyatda qiziqarli hamda jumboqlidir. Buxoro amirligidagi xо‘jalik, iqtisodiy ishlab chiqarishning ahvoli, ma’muriy boshqaruv tizimidagi mukammal bо‘lmagan siyosatlar haqida tarixiy fikr bildirish juda zarur. Chunki bu davr tarixini yozish nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Sababi rus sharqshunoslari tomonidan bayon etilgan fikrlar bir-biriga zid hamda noholisona yoritilishi bilan ajralib turadi. О‘rta Osiyo davlatlarining iqtisodi siyosati davriga xos Buxoro amirligi boshqaruv tizimi yetuk siyosiy tizimga ega emas hamda aniq bir tizimga solinmagan edi. Buxoro amirligida qishloq xо‘jaligi asosan rivojlangan bо‘lib, butun iqtisodiy tizim mamlakat ichki bozorini ta’minlashga moslashtirilib, qishloq xо‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat rivojlanmagan, qayta ishlovchi zamonaviy texnologiya yaratilgan emas edi. Bu soha bilan amirlik umuman qiziqmas hamda qо‘llab-quvvatlanmas edi. Buxoro amirligida chorvachilik rivojlangan bо‘lsada, chorva mollari soni-salmog‘i kо‘p bо‘lsada, biroq chorvachilik sohasida jun, terini qayta ishlovchi soha ancha past rivojlanib, yangi texnologiya deyarli rivojlanmagan edi. О‘rta Osiyo davlatlarining chorvachilik sohasida mayda hunarmandchilik, kasb-korlik ancha sekin holda (^1) Маджлисов А. Аграрные отношения в Восточной Бухаре в Х1Х-начале ХХ вв. – Душанбе-Алма-ата: Ирфон. 1967. – С. 211.

Denov—Yurchi—Sarijo‘y—Dashnovot—Regar—Qoratog‘—Hisor masofasi 110,2 km (104 verst). Bu yo‘llar orqali quyidagi mahsulotlar bilan savdo aloqalari olib borganlar. To‘polang basseyni orqali qo‘y va echkilar Shahrisabz va Samarqandga olib borib sotilgan va uning bozorlaridan hunarmandchilik mahsulotlari xarid qilingan. Bog‘dorchilik mahsulotlari. xususan Hovuz, Sina. Vaxshivorliklar mayizni Ko‘lobga olib borishgan va o‘z navbatidan u yerlardan xususan Qoratog‘dan olacha matosi sotib olishgan. Urgutdan oktabr oyining o‘rtalarida kelgan savdogarlar. Denov bekligida yetishtirilgan mayizlarni yoppasiga xarid qilganlari holda rus matolari chit va tikka almashishgan. Boysun qandolatchilari tayyorlagan holva G‘uzor va Kelif bozorlarida sotilgan bo‘lsa. Boysun hunarmandlari tomonidan tayyorlangan ipak va yarim ipak alacha matolari Samarqand, Toshkent hatto Afg‘oniston va Hindistonda o‘z xaridoriga ega bo‘lgan. Sharqiy Buxoro qishloq xo‘jaligi va chorva mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha Buxoro xonligida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Agarda xonlikda asosiy g‘alla bozorlari Buxoro va Qarshi sanalsa, undan keyin G‘uzor, Yurchi, Denov va Sherobod bozorlari turgan. O‘lkada yetishtirilgan g‘alla mahsulotlari Boysun shahri orqali Qarshiga, Sherobod shahri orqali Kerkiga olib borilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, har yili Qarshiga 1000 tuya guruch, bug‘doy, kunjut, zig‘ir kabi umumiy og‘irligi 15000 pud bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari jo‘natilgan. Sharqiy Buxoroning qo‘shni bekliklar bilan bo‘ladigan savdo aloqalarida chorva mahsulotlari ham alohida o‘rin tutgan. Sharqiy Buxorodan yig‘ilgan chorva mollari Mirshodi bozorida to‘plangan. Mirshodi bozoriga yig‘ilgan qo‘y va echkilar Boysunga, so‘ngra G‘uzor va Qarshiga haydalgan. Har yili Surxon vohadan o‘rtacha 10000-20000 boshgacha chorva mollari haydab ketilgan.

Surxon vohasi bekliklaridagi eng katta bozorlar Termiz, Sherobod, Denov va Boysun bozorlari edi. Bulardan tashqari mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan bozorlar ham bo‘lib, aholining bozor mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qilar edi. Buxoro amirligidagi, jumladan Surxon bekliklaridagi bozorlar faoliyati Turkiston okrugi intendant xizmati kapitani Gintillo tomonidan chor hukumati manfaati nuqtai-nazaridan chuqur o‘rganilgan. O’lkadagi bozorlar haftaning ma'lum kunlari bilan belgilanib, beklikda savdo ishi bilan shug‘ullanadigan savdogarlarning bir bozordan ikkinchi bozorga ulgurishi va savdo-sotiq rivoji uchun imkoniyatlar yaratilgan. Masalan: Sherobod bozori yakshanba va payshanba; Ko‘hitang bozori chorshanba va shanba; Denov bozori dushanba va payshanba; Boysun bozori dushanba va payshanba kunlari bozor tashkil qilingan. Mahalliy bozorlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning ixtisoslashganligidadir. Ularning ixtisoslashganligini, nomlanishidan ham bilishimiz mumkin. “Mol bozor”, “don bozor”, “o‘tin bozor”, “paxta bozor” va boshqalar. Masalan, vohaning eng katta mol bozori Denov bekligining Mirshodi qishlog‘ida, don Yurchi va Denovda, paxta bozori Sherobodda bo‘lgan. Sherobod bekligining tog‘li Ko‘hitang qishlog‘idagi bozor haftaning chorshanba va shanba kunlari faoliyat yuritib, unga Amudaryodan G‘uzorgacha bo‘lgan yerlardan aholi chorva, qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotish va evaziga hunarmandchilik mahsulotlari xarid qilish uchun kelgan. E'tiborli tomoni shundaki. aynan bugungi kunda ham bu bozor faoliyat yuritib, asosan chorva va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishga ixtisoslashganligi bilan ajralib turadi. Arxiv hujjatlariga ko‘ra Sherobod bekligidagi Sho‘rob mavzeida ruslar uchun maxsus bozor ochilgan edi. Surxon vohasi aholisining katta qismi tog‘ va tog‘ oldi hududlarida istiqomat qilib, asosan bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik

Buxoro amirligidan 5500 pud(43 000 so‘mlik) kalava chiqarilib, Nijegorod yarmarkasida sotilgan. Boysun bekligidagi eng yirik bozorlar Boysun, Darband va Xo‘jaipok bozorlaridir. Boysun vohaning hunarmandchilik dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan bekliklaridan biri hisoblanadi. Boysun hunarmandlari to‘qigan ipak va yarim ipak olacha matolari bilan mashhur bo‘lib (alachadan erkaklar choponi to‘qi, bozorda 5 so‘mgacha baholangan), ular bu matolarni mahalliy bozorlardan tashqari hududlarda ham sotishgan, bundan tashqari maxsus kashta, do‘ppi, hunarmandchilik buyumlari sotiladigan rastalari bo‘lgan. Temirchi ustalari tomonidan qishloq xo‘jalik, chorvachilik va uy-ro‘zg‘or uchun tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari qo‘shni beklik bozorlarida ham o‘z xaridorini topa olgan. Boysun hunarmandchiligining muhim tarmoqlaridan biri qandolatchilikdir. Qandolatchilar tomonidan tayyorlangan holva Kichik O‘ridaryo va hatto Ko‘hitangdaryo bo‘ylaridagi qishloq va ovullarga olib borib sotishgan. Ko‘hitangda holvani paxtaga almashishgan. Boysun tog‘ qishloq aholisi yetishtirgan uzum, o‘rik, olma, nok mahsulotlarini yoz oylarida chorva mollarini haydab kelgan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga sotganlar. Ular bog‘dorchilik mahsulotlarini qayerda paxta arzon bo‘lsa o‘sha yerga borib sotishga harakat qilganlar. Sherobod, Ko‘hitang, Denov bozorlari ular uchun ma'qul hisoblangan. Boysun bekligi bilan Sherobod bekligi o‘rtasida harakatlanadigan karvon yo‘li nafaqat ichki savdoda balkim tashqi savdoda ham muhim o‘rin tutadi. Bekordan bu yo‘lni katta karvon yo‘li deb atashmaydi. Boysun bozori haftaning dushaba va payshanba kunlari bo‘lgan. Rus tatqiqotchilari to‘plagan ma'lumotlarga qaraganda g‘alla mahsulotlari pishib yetilgandan so‘ng uni quyidagi narxlarda xarid qilish mumkin bo‘lgan: Tiramoi (kuzgi)-250 botmon bug‘doyning har botmonini 3 rubl 20

kopeykadan - 4 rublgacha, lalmi – 250 botmon bug‘doyning har botmonini 3 rubl 76 kopeykadan - 4rubl 70 kopeykagacha, tariqni 2 rubl 80 kopeykadan – 3 rubl 29 kopeygagacha. 5000 bog‘gacha bedani har 100 bog‘ini 3 rubl 50 kopeykadan – 4 rubl 11 kopeykagacha. 800 pudgacha somonni har pudini 20 kopeykadan - 23 kopeykagacha, 50 eshak o‘tin yoki-200 pud o‘tin: bir eshakka ortilgan o‘tin (4 pud) 30 kopeykadan - 35 kopeykagacha bo‘lgan narxlarda sotilgan. Beklik chorvachilik rivojlangan hudud bo‘lgani uchun 5 yoshli sigir 16 (18 rubl 80 kopeykadan) rubldan – 20 (23 rubl 50 kopeykagacha) rublgacha. Qo‘ylar semizligiga qarab 4 (4 rubl 70 kopeykadan) rubldan – 8 (9 rubl 40 kopeykagacha) rublgacha, ot 26 (30 rubl 55 kopeykadan) rubldan – 40 (47) rublgacha sotib olish mumkin bo‘lgan. Oluvchilarning talabi va ehtiyojiga qarab oy davomida 50 bosh sigir, 500 ta qo‘y, 20 ta ot sotish imkoni bo‘lgan. Bundan tashqari, savdogarlar va boshqalarga 50 ta tuya kunlik kira haqi 80 kopeykadan - 94 kopeykagacha, 100 ta eshak kira haqi 40 kopeykadan - 47 kopeygacha yollash imkoni bo‘lgan. Boysun bekligining har bir amlokdorligida mahalliy ahamiyatga ega bozorlar tashkil etilgan. Yangiariq mavzesi Boysun bekligidan ancha uzoq, Termiz va Jarqo‘rg‘on hududlariga yaqin yerda joylashgan bo‘lib, bu yerda 500 uy yashagan, bu joyda bozor tashkil etish choralari ko‘rilgan Sharqiy Buxorodagi eng yirik va gavjum bozorlar Sherobod bekligi bozorlari hisoblanadi. Ayniqsa beklikning katta qismida rus armiyasi va fuqarolarining istiqomat qilishi hamda Sharq davlatlari bilan Rossiya o‘rtasida savdo aloqalariga e'tiborning oshib borishi, bunda Sherobod, Termiz, Pattakesar bozorlarining ombor vazifasini o‘tashlari, savdo-sotiqning jadal o‘sishiga olib keldi. Bu esa bu bozorlarning dunyoning turli mamlakatlardan. xususan Rossiya fabrikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘lib borishiga imkon berdi.

yo‘llarining asosiy qismi tekislikdan. unchalik katta bo‘lmagan qismi qumlik orqali o‘tgan. Savdo-sotiq munosabatlarida aravalar asosiy transport vositasi hisoblanib, O‘rta Osiyoning arava yuradigan yo‘llarida asosan ikki g‘ildirakli aravadan foydalanilardi, bunday tipdagi aravaga to‘g‘ri yo‘llarda 30 pudgacha (480 kg) yuk ortish mumkin bo‘lgan. Sharqiy Buxoro hududidan o‘tadigan yo‘llarda soyabonli aravalardan foydalanishgan, bunday aravalar g‘ildiraklarining kattaligi bilan ajralib turgan. Aravalar qo‘shiladigan ulovga ko‘ra ot arava, tuya arava, ho‘kiz arava, xachir arava, eshak arava deb nomlangan. O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi o‘zaro savdo yo‘llarida transport vazifasini ishchi hayvonlardan ot va tuyalar o‘tar, ba'zi hollarda xachir va eshaklardan ham foydalanilgan. Odatda, har bir otga qamishdan kajava bog‘lanib, unga 8 pud (128 kg) yuk ortilgan. Tuyalar bir va ikki o‘rkachli edi, ikki o‘rkachli tuyalardan ko‘proq foydalanilgan. Ikki o‘rkachli tuyalarga 18- 20 pud, bir o‘rkachli tuyalarga esa 20-24 pud yuk ortilgan. Xonliklar o‘rtasidagi savdo yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash, savdo karvonlarini qaroqchilar hujumidan himoyalash, talonchi guruhlarni tugatish davlat ahamiyatiga molik eng muhim tadbirlardan hisoblangan. Manbalarda Termiz- Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab quyidagi postlar o‘rnatilgan: Termiz-Angor 2. 5 tosh, Shohobod 1, 5 tosh, Sherobod 1 tosh, Laylagon 3 tosh, Sayrob 3 tosh, Sho‘rob 3 tosh, Chak –chak 4/1tosh, Oqrabot 1, 5 tosh, Chashmai hofizon 2,5 tosh, Tangi xarom 3 tosh, Qo‘shilish 3,5 tosh, Kaltaminor 3,5 tosh, Yortepa 5 tosh. Kaltaminor va Yortepa yo‘lining o‘rtasida postda turuvchi sarbozlar uchun kibitka tikilgan. Yortepadan Qorabog‘gacha 2. 5 tosh, Chiroqchi 2 tosh, Shahrisabz 3 tosh, Kitob 1 tosh, Qaynar 1 tosh, Omonqo‘ton 1,5 tosh, Qoratepa 1,5 tosh, Samarqand 3 tosh. Hisor – Samarqand yo‘nalishida: Hisor – Regar 4 tosh, Sariosiyo 2 tosh, Yurchi 1 tosh, Denov 1 tosh, Mirshodi 4 tosh, Sariqamish 4 tosh, Yamchi – Rabot 2

tosh, Darband 2 tosh. Shu tariqa to Samarqandgacha postlar o‘rnatilgan. Surxon vohasi hududida o‘rnatilgan postdagi qo‘riqchilarning vazifasi voha yo‘llarida qatnaydigan karvonlarni ko‘chmanchi turkman qaroqchilari hujumlaridan himoyalash bo‘lgan. O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi savdo yo‘llari bo‘ylab o‘nlab rabotlar, karvonsaroylar, sardobalar, korizlar, quduqlar qurilgan. Masalan, Beshqo‘ton, Toshkent, Oqtosh, Qorakamar yo‘li bo‘yida joylashgan karvonsaroylar xavfsizlikni hamda savdogarlarni ichimlik suvi bilan ta'minlashda muhim rol o‘ynagan .Sharqiy Buxoro bekligi haqida tarixshunoslik fanida qayd etilgan asarlar ma’lum ma’noda bо‘lsada uni о‘rganish, tarjima qilish nihoyat darajada kam. Ushbu ishda ma’lum ma’noda tarixiy voqelikka e’tibor berilib, masalani yoritishga harakat qilindi. О‘rta Osiyo davlatlarining iqtisodi siyosati davriga xos XIX asr boshlarida Buxoro amirligida feodal munosabatlar hukm surib, о‘rta asr qoloqligidan halihali burilmagan edi. Jumladan Sharqiy Buxoro bekliklari Sherobod, Denov, Boysunda ham о‘zaro ichki nizolar va qonli urushlar te-tez uchraydigan hodisalarga aylanib qolgan edi. Ahmad Donishning yozishicha, «Amr Haydar hukmdorligi davrida har 3-6 oyda uzluksiz о‘zaro urushlar bо‘lib turardi. XIX asrning boshlarida Sherobod, Denov bekliklaridagi shahar va qishloqlar talanib, vayron etilar, chorva molar va odamlar haydab olib ketilar, suv va qishloq xо‘jaligi vayron qilinib, izdan chiqarilar edi. Bu nizo-janjallar beklar о‘rtasidagi kelishmovchilikka borib, katta janjallarga aylanib ketardi. Shunga qaramay bekliklarda hayot о‘z oqimi davom etaverardi. Sherobod, Denov bekliklarining asosiy boyligi yer bо‘lib, u amir yoki saroylari, bek, amlakdor, oqsoqol vaqf yerlaridan iborat bо‘lgan. Beklikdagi amir yerlari mulki sultoniy bо‘lib, Sherobod bekligini Sariq, Xо‘jaqiya, tо‘g‘iz, Tо‘p, Yurchi qishloqlarida, Denov bekligini Xayrabod, Tо‘p, Yurchi qishloqlarida bu mulklar mavjud edi. Xususiy yerlar «mulk», masjid,

ayanchli ahvolda о‘lib ketishi yoki mayib-majruh bо‘lib qolishi oddiy bir hodisaga aylanib qolgan edi. Boysun, Sherobod, Muzrabod, Angor, SHо‘rchi, Jarqо‘rg‘on hududlarida epidemiya kasalliklari X1X asrning boshlarida keng tarqalganligi, Bandixon, Qiziriq, Kattaqum atrofidagi qishloqlarda ommaviy о‘limdan aholining kо‘pchilik qismi qirilib ketganligi qayd etiladi. Surxondaryo yonidagi qishloqlarda bezgak va isitma kasalligining avjiga chiqib ketishi natijasida Jaloyir, Kokaydi qishlog‘ining aholisi ayniqsa kо‘p aziyat chekdi. Bо‘qoq kasalligi, surunkali kamqonlik, bel va qо‘l oyoqlarning qiyshayishi mahalliy aholini butunlay halokatga olib kelgan. Hattoki, mahalliy xalq Surxondaryo, Amudaryo qirg‘oqlarida kо‘llar tashkil qilsa hambu yerlarda raxit bо‘qoq isitma, bezgak va vabo kasalliklari uyasiga aylandi.4 О‘rta Osiyo davlatlarining iqtisodi siyosati davriga talluqli XIX asr boshlarida Sharqiy Buxoro bekliklarida tabiiy yer soti boyliklarga boy bо‘lib, mineral о‘g‘itlar bilan bog‘liq boyliklar Kо‘hitang, Hisor, Bobotog‘, Boysuntog‘da nihoyatda kо‘pligi ma’lum bо‘lsada, biroq undan foydalanish imkoniyatidan bekliu hokimiyati foydalana olmagan. Sherobod, Boysun tog‘ tizmasi va Hisor dovoni janubiy tizmasi ancha boydir. Mahalliy hunarmandlar X1X asr boshlarida temir, qо‘rg‘oshin, toshkо‘mir va neft mahsulotlardan qisman foydalanib kelar edi. Kokaydi, Jarqо‘rg‘ondagi neftdan mahalliy aholi (moyli suv) yoqilg‘i va kо‘z kasalliklarini davolash maqsadida foydalanishgan. Xovdak, Kokaydi neft suvlarda mahalliy chо‘milib tabiiy shifo topgan, shu tufayli xalq bu neft- kо‘mir aralash suvlarni muqaddas hisoblagan. Sherobod, Termiz oralig‘idagi qumlardan qо‘y terisida ibtidoiy usul bilan yuvish orqali har bir oltin tozalovchi 4 tangadan 6 tangagacha (1 tanga kumush bilan 20 tiyin bо‘ladi) oltinni tozalash (yuvish) bilan ajratib olingan.

О‘rta Osiyo davlatlarining iqtisodi siyosati davriga taluqli Sharqiy Buxoro aholisi о‘rtasida keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish, xalqning sog‘ligini saqlab, ishonchiga sazovor bо‘lish maqsadida inglizlar, Hindiston orqali Sherobod, Denov, Yurchi, Boysun shaharlarida о‘zlarining jamiyatlari orqali amaliy yordam kо‘rsatishga kirishdi. Chunki mahalliy aholi orasida chechak kasalligi keng tarqalib, aholini chekka qarshi emlash ishlari amalga oshirildi. 1880-1895 yillarda aholi orasida о‘tkazilgan emlash natijasida chechak kasalligi ancha kamayib, mahalliy aholisi orasida chechakka qarshi emlashni о‘rganib olgan vakillar ham yetishib chiqdi. Angliyadan keltirilgan chechakka qarshi dorilar Afg‘oniston savdogorlari orqali olib kelinib, uning sifati 1900 yilda Rossiyadan keltirilgan doriga nisbatan ancha sifatli edi. Rossiya tashqi ishlar Vazirligi Buxoroda siyosiy vakolat boshqarmasini tashkil etib, Buxoro amirligi hukumati bilan shartnoma imzolab buxoro, Termiz, Kerki, Kelif shaharlarida mahalliylashgan rus fuqarolariga xizmat kо‘rsatuvchi rus-mahalliy kasalxonalarni, ambulatoriya markazlarini, maxsus dori-darmon sotuvchi davolash markazlarini ochdi. Ochilgan kasalxonalar, chegara bojxona xizmati postlaridagi davolash muassasalari mahalliy aholiga pullik xizmat kо‘rsatishni ham tashkil etdi. 1898-1899 yillarda tashkil etilgan ushbu davolash muassasalariga zaruriy mablag‘ni Buxoro amiri о‘z hisobidan tо‘ladi. Ushbu xarajatlar atigi 2 ming sо‘m pulni tashkil etib, bu oddiy xarajatlarni ham qoplamas edi. О‘rta Osiyo davlatlarining nihoyatda yer osti boyliklari kо‘p bо‘lib, cheklanmagan boyliklarga ega. bо‘lsada, temir, mis, qrg‘oshin, osh tuzi, shaffof va qator boshqa tabiiy boyliklar qazib olish ochiq usulda imkoniyatlardan foydalanilmadi. Turli rangdagi marmar konlari, yuqori sifatli qimmatga ega bо‘lgan yashma, malaxit va havo rangli kumush nitrat barcha yerda uchraydi.

Adabiyotlar ro`yhati

  1. Azimov M., Shokirov I. El о‘g‘li. –T., О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi, 2004 yil 78-B.
  2. Azimov M. Surxondaryo ijodkorlari (IV asrdan XX asr boshlarigacha) Qarshi. “Nasaf” nashriyoti, 2006 yil.
  3. Axmedjanov G. Rossiyskaya imperiya v Sentralnoy Azii (Istoriya i istoriografiya kolonialnoy politiki sarizma v Turkestane ), -T., «Fan», 1995.
  4. Aminova R.X. Velikoye narodnoye dvijeniye v irrigatsionnom stroitelstve Uzbekistana (1939-1940 g.g.), -T., 1963, Agrarniye preobrazovaniya v Uzbekistane v godi perexoda sovetskogo gosudarstva k NEPu. -T., «Fan», 1965 g; Agrarniye preobrazovaniya v Uzbekistane nakanune sploshnoy kollektivizatsii. (1925-1929 g.g.), -T., «Fan», 1969.
  5. Avliyoqulov Q. Ergashev R. Ismoilov Y. Surxon yulduzlari. –T., A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1995, 87-B