






Study with the several resources on Docsity
Earn points by helping other students or get them with a premium plan
Prepare for your exams
Study with the several resources on Docsity
Earn points to download
Earn points by helping other students or get them with a premium plan
Community
Ask the community for help and clear up your study doubts
Discover the best universities in your country according to Docsity users
Free resources
Download our free guides on studying techniques, anxiety management strategies, and thesis advice from Docsity tutors
The significance of music education in child development, focusing on its role in enhancing cognitive abilities, emotional intelligence, and social skills. The document highlights the importance of music education in various stages of childhood, from early childhood to adolescence, and provides insights into the methods and techniques used in music education. It also emphasizes the role of music education in promoting creativity, discipline, and cultural awareness.
Typology: Summaries
1 / 10
This page cannot be seen from the preview
Don't miss anything!
Reja: 1.Musiqiy faoliyat tushunchasi 2.Faoliyat turlari
Milliy qadriyatlarimizning muhim tarkibiy qismi, muayyan ma’noda, uning tayanchi bo‘lgan milliy musiqasiz inson, binobarin, xalq ruhiyatining kuchini, uning his-tuyg‘u va kechinmalarini anglash mumkin emas. Shu ma’noda aytish mumkinki, xalqimiz, xususan, yoshlarning musiqiy didi va madaniyatini yuksaltirmay turib, ma’naviy hayotimizda paydo bo‘layotgan va asoratli iz qoldirayotgan ayrim og‘riqli masalalarni bartaraf etishning imkoni yo‘q. Prezidentimiz zikr etganidek; “Bizning milliy an’analarimizga odob axloq qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so‘zlarni qovushtirib yoki talaffuzini ataylab buzib aytish kabi nomunosib xarakatlarni ayrim yosh ijrochilar o‘zi uchun qandaydir bir yangicha uslub deb bilayotgani, menimcha, san’atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emas. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalom bor musiqashunos olimlar, ustoz san’atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko‘p sonli san’at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o‘z fikirlarini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to‘g‘ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz, deb o’ylayman”. 1 Buning uchun esa ta’lim muassasalarida o‘tilayotgan musiqa darslari sifatini tubdan yaxshilash, musiqa o‘qitish metodlarini takomillashtirish, yosh avlod qalbiga milliy musiqiy ohanglarni singdirish, ularning musiqiy did va madaniyatini yanada yuksaltirish zarur. 1
doira yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda”. 2 Dasturga turli vokal va musiqiy xususiyatga ega bo‘lgan qo‘shiqlar kiradi. Vokal-xor ishlari yuzasidan ularning har biri ma’lum malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi sinf imkoniyatlarini hisobga olgan holda yil davomida o‘rgatish uchun 10-12 ta qo‘shiq tanlaydi va ularning vokal ijrochilik darajasi va badiiy mazmuni maktab hayotiga mosligini inobatga olib, ularni ma’lum tartibga soladi. O‘qituvchi tanlangan musiqa asarlarini muayyan bir tartibga solar ekan, o‘quvchilarning ovoz hajmi ishtiyoq va zavqi, musiqa va ashula sohasidagi tayyorgarligini e’tiborga olish lozim. O‘quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi xorda ashula aytishdir, chunki musiqaga bo‘lgan qobilyatini o‘stirish, musiqaga san’atga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshira borish vazifasi o‘quvchilarning o‘z faoliyati jarayonida muvaffaqiyatli bajariladi. O‘quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to‘g‘ri va ta’sirli aytishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Diksiyaning aniq va ravshanligi ashulaning tushunarli bo‘lishiga yordam berib, uning badiiy obraz etishiga ko‘maklashadi. 2
Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o‘quvi yoshga qarab o‘sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diksiya soz ansambl dasturda har qaysi o‘quv yili uchun alohida-alohida beriladi. Ta’lim jarayonida bu elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog‘lanib boradi. Yuqorida ko‘rsatilgan elementlarning har biri hamma sinfdagi ashula aytish ishining mazmuniga kiradi va asta-sekin mustahkamlanib, sifati o‘zgarib, murakkab ashula repertuarida rivojlanadi. VII-sinf o‘quvchilariga alohida e’tibor berish kerak, chunki bu yoshda ko‘pchilik o‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham mutatsiya davri avj oladi. Bu vaqtda 13-14 yoshdagi o‘g‘il bolalarning ovozi keskin o‘zgaradi. Ayniqsa o‘g‘il ovozi bolalar ovozlari pasaya borib, ovoz diapozioni o‘rta hisob bilan oktava darajasiga tushib qoladi. Hatto ovoz o‘zgargandan keyin, ya’ni mutatsiyadan so‘nggi dastlabki darvda ham ovoz diapozioni ko‘pincha cheklangan bo‘ladi, bu ovozning tembr xususiyatlari noaniq bo‘ladi. Bular repertuarni tegishli suratda cheklash va puxta tanlash zaruratni keltirib chiqadi. Bu vaqtda ko‘proq, ikki ovozi repertuar tavsiya qilinadi. O‘g‘il bolalar soprano yoki alt ovozi bilan aytiladigan ashulani bir oktava ohangda takrorlash mumkin. Bu yoshdagi ba’zi o‘g‘il bolalar hali bolalar ovozi bilan, ya’ni soprano va alt ovozlariga mos keladigan ovoz bilan ashula aytivchilarning diapozioni ham, erkakcha ovoz bilan ashula aytivchilarning diapozoni ham cheklangan. (Ba’zan kvinta seksta darajasida, Do1 –lya –bemol, -lya oralig‘ida) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham o‘g‘il bolalar o‘z diapozon doirasiga kirmaydigan ashula qismlarini aytmasliklari kerak. Ashula aytish murakkab psixofiznoligik jarayondir. Ashula aytganda bola organizmining deyarli hamma a’zolari, ayniqsa, tovush hosil qiluvchi
mashq qilish jarayonida mustahkamlanadi. O‘qib olib, o‘qituvchining ovoziga ergashib ashula aytishning o‘zigina ashulaning aniq, puxta ijro etilishini ta’minlay olmaydi. Notani bilish, uning matnini tushunish ashula o‘rganishni osonlashtiradi, kuyini puxta ijro etishga va yaxshi esda saqlashga yordam beradi. Dasturda o‘qib olib ashula o‘rganish bilan bir qatorda, tanish va notanish ashulalardan olingan namunalarni, kichik- kichik parchalarni notaga qarab aytish ham ko‘zda tutiladi. Bunda o‘quvchilar hamma ashulani nota yordamida sekin-asta o‘rganib boradigan bo‘ladilar. Buning uchun darslik bilan ashula to‘plamlaridan, o‘quvchilar uchun chiqarilgan o‘quv qo‘llanmalaridan, sinf taxtasiga va daftarga yozilgan notalardan foydalaniladi. Dasturda ham o‘quv yilida o‘quvchilarda musiqa savodi, tovushlarning baland-pastligi, parda, metr- ritm va musiqiy ifodalashning boshqa vositalari yuzasidan ma’lum hajmida bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish ko‘zda tutiladi. Bu esa ashulalarni yaxshi tushinishga va ijro qilishga yordam beradi. Shu bilan birga o‘quvchilar musiqaning xususiyatlari va janrlari, kompozitorlar, xalq musiqa ijodi, cholg‘u asboblari to‘g‘risida birmuncha bilimga ega bo‘ladilar. Dasturda ko‘rsatilgan qo‘shiqlardan tashqari, o‘qituvchi matbuot, radio yoki televideniya orqali e’lon qilingan yangi qo‘shiqlardan ham talab olishi mumkin. Shuningdek, ayrim qo‘shiqlarni chorakdan chorakka yoki sinfdan ko‘chirish huquqi ham beriladi. Asar bilan tanishishi jarayonida uning haqida o‘qituvchining qisqa, ammo qiziqarli va obrazli kirish so‘zlari, asarning janri, tuzilishi mazmuni, ifoda vositalari va badiiy obrazlar haqidagi qiziqarli suxbatlar muhim rol o‘ynayd. 7-8 sinflardagi faol o‘quvchilar tomonidan kompozitor ijodi yoki
atoqli ijrochi-mashshoq haqida shuningdek, asar syujeti, tarixi kabi mavzularga bag‘ishlab kichik leksiyalar uyushtirishi muhimdir. Musiqa savodi. Ma’lumki, umumiy ta’lim maktabi musiqa darslari tarkibidagi musiqa savodi o‘zining musiqa haqidagi kopleks bilimlar doirasidan iboratligi bilan farq qiladi. Ashula aytish jarayonida o‘rganiladigan nota savodi turkumiga musiqa janrlari, ularning shakl va tuzilishlari, ifoda vositalari, xalq va kompotizorlik musiqasining mohiyati haqidagi tushunchalar, ijrochilik turlari, cholg‘u asboblari va ularing tovush tembrlari va boshqalar kiradi. Yetti yillik musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayonida mazkur bilimlar majmuasi asosida o‘quvchilarning musiqa savodxonligi tarkib topishi lozim. Bu musiqa madaniyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Dars mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatma materiallar va suratlardan (musiqa savodiga oid jadvallari, o‘rganiladigan qo‘shiqning kuyi va so‘zi yozilgan nota plakati, ashula yoki biror musiqa obrazlarini ifodolovchi badiiy suratlar, qo‘shiq to‘plamlari, o‘quv filmlari, slaydlar va xokozo) mumkin qalar ko‘proq foydalanish lozim. Dars samaradorligini oshirishda o‘quvchilar bilimi va malakalarini baholash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Bu borada ham musiqa darslari boshqa fanlardan farq qiladi. Bu masalaga ham kompleks yondoshish lozim. Baholashning lozim bo‘lgan o‘quvchilar oldindan beligilanishi va ularga dars davomida o‘tilgan va o‘tilayotgan mavzular yuzasidan savollar berib borishi, ularni ko‘proq fkr bildirishga, bahoga tortishi va amaliy faoliyatiga ko‘proq jalb etish yo‘li bilan bilim va malakalarini aniqlash va odilona baholash lozim bo‘ladi. Sinf sahnasiga yakka chiqarib so‘rash boshqalarni zeriktiradi va vaqtdan unumli foydalanishga xalaqit beradi. Bundan tashqari, bu uslub darsining mantiqiy